Iroq shimolida Turkiya samolyotlari KIPning 19 a'zosini yo‘q qildi
Turkiya Bosh shtabi shanba kuni Iroq shimolida havo amaliyoti o‘tkazdi va amaliyot davomida Kurdiston ishchilar partiyasining 19 a'zosi o‘ldirildi.
"9 dekabr kuni Iroqning Gera shahri hududida o‘tkazilgan havo amaliyoti oqibatida 19 terrorchi va ularning 5ta boshpanasi yo‘q qilindi. Topshiriq muvaffaqiyatli ado etilgach, samoletlar bazaga qaytdi", — deyilgan bosh shtab ma'lumotida.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyada 2015 yilning iyulida hukumat va KIP o‘rtasida qurolli mojarolar tiklandi. O‘tgan vaqt davomida kurdlarning hujumlari oqibatida 800 nafarga yaqin turk harbiysi va tinch aholining 300 nafardan ortiq vakili halok bo‘lgan. Turkiya bosh shtabi ma'lumotiga ko‘ra, amaliyotlar davomida KIPning 10 ming nafardan ortiq a'zosi yo‘q qilingan.
Mavzuga oid
20:48
Erdo‘g‘an Suriyadagi kurd qurolli guruhlarini «ko‘mishga» va’da berdi
21:04 / 22.12.2024
Turkiyada tibbiy vertolyot shifoxona binosiga urilib, qulab tushdi
11:37 / 22.12.2024
O‘g‘rilikda ayblanib 4 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi
20:38 / 20.12.2024