Hindistondagi shtat rahbari vafotidan qayg‘uga botgan 470 kishi hayotdan ko‘z yumdi
Hindistonda Tamilnad shtati rahbari Jayaram Jayalalita o‘limidan qayg‘uga botgan 470 nafar kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqida "Annadurai nomidagi Hindiston dravid taraqqiyot federatsiyasi" siyosiy partiyasining Twitter'ida ma'lum qilindi.
"Inqilob yetakchisining o‘limini ko‘tara olmay, jami 470 nafar kishi hayotdan ko‘z yumdi. Vafot etgan kishilarning oilasiga 300 ming rupiy miqdorida yordam puli ajratiladi", - deyiladi xabarda.
"Annadurai nomidagi Hindiston dravid taraqqiyot federatsiyasi" ham o‘z-o‘zini yoqib yuborishga uringan partiya a'zosi va barmog‘ini kesib tashlagan yana bir shaxsga 50 ming rupiy to‘laydigan bo‘ldi. Huffington Post'da yozilishicha, shtat rahbarining o‘limidan ko‘pchilik qayg‘uda.
Jayaram Jayalalita uzoq yillar davomida Tamilnad shtati bosh vaziri lavozimini egallab, Hindiston parlamenti yuqori palatasining a'zosi, "Annadurai nomidagi Hindiston dravid taraqqiyot federatsiyasi" yetakchilaridan biri bo‘lgan. U o‘z faoliyatini kino aktrisasi sifatida boshlagan, keyinchalik esa mamlakatning eng taniqli siyosatchilaridan biriga aylangan. Jayalalita 5 dekabrda Chennai shahrida yurak xuruji tufayli hayotdan ko‘z yumdi.
Mavzuga oid
14:25 / 28.09.2024
O‘zbekiston va Hindiston ikki tomonlama investitsiya shartnomasi imzoladi
23:11 / 27.09.2024
Hindistonda 50 dan ortiq dori-darmonlar sifatida muammo aniqlandi
15:07 / 27.09.2024
Festival fojiaga aylandi: Hindistonda 46 kishi cho‘kib ketdi, ularning aksariyati bolalar
22:19 / 24.09.2024