Jahon | 10:54 / 11.12.2016
10777
1 daqiqa o‘qiladi

Homs viloyati hududida Suriya qiruvchi samolyoti qulab tushdi

© RIA Novosti

Suriya Harbiy-havo kuchlarining MiG-23 rusumli qiruvchi samolyoti qulab tushdi. RIA Novosti agentligining manbasi bergan xabarga ko‘ra, hodisa 10 dekabr kuni Homs viloyati hududida joylashgan Et-Tifor aviabazasi yaqinida sodir bo‘lgan. Hodisa sababi terrorchilar hujumi emas, texnik nosozlik ekani aytilgan.

Samolyot uchuvchisi katapulta qilingan va tirik qolgan. Uning ahvoli barqaror ekani va sog‘ligiga xavf yo‘qligi aytilgan.

Mavzuga oid