Barcha dorixonalardan topish mumkin bo‘lgan dori vositalari
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2016 yil 6 dekabrdagi 2846-sonli buyrug‘i bilan mamlakatimizdagi barcha dorixonalarda bo‘lishi majburiy bo‘lgan dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqida 13 dekabr kuni Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Ro‘yxatga 70 xil dori vositasi va 6 xil tibbiy buyum kiritilgan.
Manbaga ko‘ra, ro‘yxatga kiritilgan dori vositalarining o‘rniga xuddi shu tarkibdagi ta'sir qiluvchi moddalar va dori shakliga ega bo‘lgan hamda O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan boshqa dori vositalari tan olinadi.
Bu hujjat qonun hujjatlari ta'sirini baholash tizimi portalida muhokama uchun joylashtirilganda, batafsil ma'lumot berilgan.
Hujjat davlat tilida qabul qilingan. U 2017 yilning 12 martidan kuchga kiradi.
Mavzuga oid
20:04 / 14.10.2024
Chilonzorda salkam 44 ming dollarga qalbaki dori sotganlar ushlandi
18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi
11:28 / 22.07.2024
Nikohlanuvchilar qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tishi kerak?
17:25 / 20.07.2024