Jahon | 16:41 / 13.12.2016
11948
1 daqiqa o‘qiladi
Merkel va Olland Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirishdi
Germaniya kansleri Angela Merkel Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiyaga nisbatan iqtisodiy sanksiyalarni uzaytirishga to‘g‘ri kelishini ma'lum qildi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi.
"Minsk jarayoni og‘ir kechmoqda", - dedi Merkel jurnalistlarga.
Fransiya prezidenti Fransua Olland ham Merkelning pozitsiyasini qo‘llab-quvvatladi.
"Ukrainada Minsk kelishuvlari bajarilishi kerak... Taraqqiyot bo‘lmas ekan, men ham, kansler kabi sanksiyalarni uzaytirish tashabbusini qo‘llab-quvvatlayman", - deya ma'lum qildi fransuz yetakchisi.
Mavzuga oid
19:12
Rossiyada noqonuniy migrantlar reyestri e’lon qilinadi
08:10
Ukraina Rossiyadagi raketa arsenaliga muvaffaqiyatli zarba berganini e’lon qildi
00:16
Norvegiya hukumati Rossiya bilan chegaraga panjara qurish haqida o‘ylamoqda
18:57 / 29.09.2024