Jahon | 18:31 / 13.12.2016
19070
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik muxolifatchi Rossiya prezidenti lavozimi uchun kurashish istagini bildirdi

Foto: tass.ru

Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy 2018 yilda Rossiya prezidenti lavozimi uchun kurashish istagini bildirdi. Siyosatchining bu boradagi videomurojaati uning nomzodini prezident lavozimiga ilgari surish bo‘yicha kampaniya saytida joylashtirildi.

"Bir yildan sal ko‘proq vaqtdan keyin mamlakatimizda prezident saylovlari bo‘lib o‘tadi. Men unda ishtirok etish borasida uzoq o‘yladim va ishtirok etishim haqidagi xulosaga keldim. Men Rossiya prezidenti lavozimi uchun kurashda ishtirok etaman", deb aytgan Navalniy.

Muxolifatchining fikricha, bu qaror butun mamlakat va "har bir aniq odam", jumladan uning g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlamaydiganlar uchun ham foydali bo‘ladi. Navalniyning aytishicha, u saylovchilarga davlatni rivojlantirishning munosib dasturini taklif qilishga tayyor.

Bir oy avval Rossiya Oliy sudi prezidiumi Navalniyga qarshi "Kirovles" ishi bo‘yicha ayblov hukmini bekor qilib, ish materiallarini Kirov sudiga qayta ko‘rib chiqish uchun yuborgan. Shu tariqa, ushbu ish bo‘yicha hozircha muxolifatchi saylovda ishtirok etish bo‘yicha huquqi cheklanmagan. 

Ayni vaqtga kelib "Yabloko" partiyasining sobiq yetakchisi Grigoriy Yavlinskiy ham prezident saylovlarida ishtirok etish istagini bildirgan.

 

Mavzuga oid