Jahon | 18:56 / 16.12.2016
26419
1 daqiqa o‘qiladi

Hillari Klinton: Putin mendan ranjigan

AQSh prezidentligiga Demokratlar partiyasidan sobiq nomzod Hillari Klinton prezidentlik poygasi vaqtidagi xakerlik hujumlari va ularga Vladimir Putinning ehtimoliy aloqadorligi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan. Uning fikricha, bu holat Rossiya yetakchisining undan ranjigani sabab ro‘y berdi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Klinton homiylarga atalgan tadbirdagi nutqida Rossiya prezidentining saylovlarga shaxsiy aralashuvi yuzasidan ilk izohlarini berdi. 

Uchrashuvda bo‘lgan manbalar so‘zlariga ko‘ra, u AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp haqida bir og‘iz ham gapirmagan, biroq xakerlik hujumlari uning saylovlardagi mag‘lubiyatiga sabab bo‘lganini ma'lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin Klintondan qattiq ranjigan. Bu u Rossiyada 2011 yilgi o‘tkazilgan parlament saylovlarini tanqid qilgani sabab yuz bergan ekan.

Mavzuga oid