Fan-texnika | 15:56 / 16.12.2016
9876
2 daqiqa o‘qiladi

McLaren «yubiley» avtomobilini ishlab chiqardi

Buyuk Britaniyaning McLaren kompaniyasi o‘zining zamonaviy tarixida 10 minginchi avtomobilini ishlab chiqdi. Kompaniyaning maxsus bo‘linmasi MSO tomonidan Ceramic Gray tusidagi 570S rusumli modeli «yubiley» mashinasi bo‘ldi. 

Kompaniyaning yangi tarixidagi ilk superkari MP4-12C bo‘lgan edi. U 2011 yilda kompaniyaning McLaren Production Centre ishlab chiqarish inshooti barpo etilgach, yo‘lga qo‘yilgan edi. Shunday qilib, 10 mingta avtomobil ishlab chiqish uchun firmaga besh yil talab qilindi, albatta, 1990 yillarda ishlab chiqilgan afsonaviy McLaren F1 modelini hisobga olmaganda. «Maklaren» bosh direktori Mayk Flyuittning so‘zlariga ko‘ra, ilk besh ming avtomobil 42 oyda ishlab chiqilgan. Keyingi besh ming donani ishlab chiqish uchun esa, 22 oy sarflangan. 

«Yubiley» kupesi McLaren 570S va kompaniya bosh direktori Mayk Flyuitt

Bugungi kunda, Britaniya markasi modellari ustida 750 kishi olib boradi. 2016 yilda kompaniya Sport Series: 540C, 570S va 570GT modellarini ishlab chiqarish maqsadida qo‘shimcha ish smenasini joriy qildi. Shu bilan bir kunda yig‘ilgan mashinalar soni 20 donaga yetdi. Shuningdek, 2016 yil kompaniya uchun uchinchi yildirki daromadli bo‘ldi. McLaren yil oxirigacha 3 mingga yaqin mahsulotini sotishni rejalashtirgan. 2015 yilda bu raqam 1654 tani tashkil etgan edi. 

Hozirda Uoking kompaniyasi 650S vorisi ustida ishlamoqda. U 3,8 litrli va 700 ot kuchiga ega V8 juft turbo motor negizida gibrid qurilma bilan jihozlanishi ham mumkin. Uning taqdimoti keyingi yilda bo‘ladigan Jyeneva avtoko‘rgazmasida bo‘lishi kutilayapti.

McLaren 540C
McLaren 570GT

Mavzuga oid