Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni 2017 yil 31 iyulgacha rasman uzaytirdi, deb ma'lum qilindi Yevropa Ittifoqi kengashi saytida.
"15 dekabrda Yevropa kengashi yig‘ilishida Minsk kelishuvlarining bajarilishi baholanib, Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlari va hukumatlari sanksiyalarni yana 6 oyga – 2017 yil 31 iyulgacha uzaytirishga yo‘l ochdilar. Kengash bu qarorni 19 dekabrda yozma tartibda qabul qildi", deb aytildi bayonotda.
Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalar 2014 yil 31 iyulda bir yil muddatga Ukrainadagi vaziyatni beqarorlashtirishga olib kelgan harakatlariga javoban kiritilgandi, deyilgan kengash bayonotida.
Yevropa Ittifoqi sanksiyalarni 2014 yil sentabrda qat'iylashtirgan. Cheklovchi choralar energetika, moliya, mudofaa sektori hamda ikki maqsadda foydalanish mumkin bo‘lgan mahsulotlarga qaratilgan.
Mavzuga oid
00:16
Norvegiya hukumati Rossiya bilan chegaraga panjara qurish haqida o‘ylamoqda
18:57 / 29.09.2024
Rossiyada migratsiya siyosatini kuchaytiradigan beshta qonun loyihasi ko‘rib chiqiladi
13:31 / 29.09.2024
Putin Rossiyaning yadro doktrinasini o‘zgartirmoqchi. Bu amalda nimani anglatadi?
11:54 / 29.09.2024