Ramzan Qodirov o‘ldirilgan jangarilarni namoyish qildi
18 dekabr kuni Checheniston yetakchisi Ramzan Qodirov Grozniy shahri va uning atrofida bir guruh terrorchilarni yo‘qotish bo‘yicha maxsus amaliyot yakunlangani haqida bayonot berdi. U Instagram sahifasida ma'lum qilishicha, "7 nafar jangari yo‘q qilingan, 4 nafari qo‘lga olingan, shu jumladan 3 nafari o‘qotar qurollardan olgan jarohatlari bilan shifoxonada ekani aytilmoqda".
Bunda, maxsus amaliyotni shaxsan boshqargan Qodirov ayrim OAVni asli yo‘q manbalardan olingan yolg‘on ma'lumotlarni tarqatish va shu bilan vaziyatni chigallashtirganlikda ayblagan.
"Xususan, internet-nashrlardan biri "Molniya" eslatmasi bilan yakshanba kuni 18 noyabrda shahar markazida portlash sodir etilgani va otishma bo‘layotgani haqida xabar qilgan. Aslida, gap borgan shohko‘chada, portlash ham, otishma ham yuz bermagan. Barcha do‘konlar, restoranlar, kafe va boshqa idoralar ishlagan. Voqea shahardan bir necha kilometr uzoqlikda tog‘li-o‘rmonli hududda yuz bergan. Men yana bir marta takrorlayman, bitta ham shayton, agar u qo‘lida qurol bilan kelar ekan, Grozniyni tirik tark eta olmaydi. Butun dunyodagi do‘stlarimizga aytmoqchi bo‘lganim, bizda hammasi joyida, Yangi yilga tayyorgarlik ko‘ryapmiz!" – deb yozgan Respublika rahbari.
Ayni sahifasida Qodirov maxsus amaliyotda o‘ldirilgan jangarilarning jasadlarini ham namoyish etgan.
Boshqa bir videolavhada Grozniydagi otishma yuz bergan holat aks etgan.
Eslatib o‘tamiz, 17 dekabr tunda Grozniyning Oktyabr tumanida bir guruh qurollangan shaxslar politsiya xodimiga hujum qilib, uning mashinasini egallab olgan, so‘ngra boshqa bir politsiyachining uyiga bostirib kirgan. Shundan so‘ng, jinoyatchilarni to‘xtatishga urinishgan, ammo ikki o‘rtada yuz bergan otishmada 4 nafar kishi o‘ldirilgan. Otishma videotasvirga olingan.
Keyinroq, Chechenistondagi politsiyachilarga hujum qilishda gumon qilinganlarning ismlari oshkor qilindi.
Checheniston politsiya xodimlari hujum qilishda gumonlanuvchilar. © Life.ru
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, ularning barchasi IShID guruhi a'zosi bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:19 / 28.09.2024
AQSh boshchiligidagi koalitsiya Iroqdagi missiyasini 2025 yilda yakunlaydi
09:50 / 26.09.2024
Advokat: Zarema Musayevaning salomatligi o‘ta og‘ir darajaga yaqin
21:22 / 19.09.2024
Checheniston sobiq bosh vaziri maktablarda Darvin nazariyasini taqiqlashni talab qildi
16:54 / 02.09.2024