Jahon | 19:01 / 20.12.2016
14056
3 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an hech kimga Rossiya bilan munosabatlarni buzishga yo‘l qo‘ymasligini aytdi

Turkiya hech kimga Rossiya bilan munosabatlarini buzishga yo‘l qo‘ymaydi, deb aytdi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Istanbulda Bosfor ko‘rfazi orqali o‘tuvchi "Yevrosiyo" tunneli ochilishi marosimida.

19 dekabrda Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlovga Anqarada ko‘rgazma ochilishi vaqtida suiqasd uyushtirildi. Tadbir davomida qotil diplomatning orqasidan bir nechta o‘q uzgan, jarohatlar oqibatida Karlov halok bo‘lgan. Turk OAV ma'lum qilishicha, qotil 11 marta o‘q uzishga ulgurgan, ulardan 9 tasi Karlovga tekkan. Ko‘rgazmaga politsiyachi guvohnomasini ko‘rsatib kirgan qotil maxsus kuchlar tomonidan o‘ldirilgan. Rossiya tashqi ishlar vazirligi hujumni terakt deb atagan. Rossiya Tergov qo‘mitasi "Davlat himoyasidan foydalanuvchi, xorijiy davlat vakiliga hujum qilish" va "odamning o‘limiga olib kelgan xalqaro terrorchilik akti" moddalari bilan tergov ishi qo‘zg‘agan.

"Kecha biz javobgar bo‘lgan Rossiya vakiliga hujum uyushtirildi", deb aytgan Erdo‘g‘an. 

"Men Andrey Karlovning o‘limidan xabar topganimda qanchalik iztirob chekkanimni yana bir marta qaytarmoqchiman. U juda samimiy va yoqimtoy odam edi. Kechagi hujum oliy darajada fojialidir. Men buni qilganlarni lan'atlayman. Prezident Putinga, Rossiya xalqiga, Karlovning oilasiga chuqur hamdardligimni bildiraman. Kecha Putin bilan muloqotda men bu ochiqcha ig‘vo bo‘lgani aytdim. Biz Rossiya bilan munosabatlarimizni buzishlariga hargiz yo‘l qo‘ymaymiz", deb ta'kidlab o‘tdi Erdo‘g‘an. 

Erdo‘g‘an Turkiya xavfsizlik kuchlari batafsil tergov o‘tkazishlarini va aybdorlar jazolanishini aytdi. Shuningdek, elchining o‘ldirilishi bo‘yicha ikki tomonlama komissiya tuzilgan, u o‘z ishini boshlab yuborgan.

"Rossiya bilan, birinchi navbatda Suriya bo‘yicha, hamkorlik mustahkamlanmoqda, biz Moskva bilan o‘zaro hamjihat bo‘lmoqdamiz", deb aytdi Turkiya prezidenti.

 

Mavzuga oid