Jahon | 01:13 / 20.12.2016
39642
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya prezidenti Rossiya elchisi o‘ldirilgandan keyin rejalashtirgan ba'zi ishlarini bekor qildi

Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov Anqarada o‘ldirilganidan keyin Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kichik teatrning restavratsiya qilingan binosi ochilishiga kelmasligi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Rossiya OAV muxbirlaridan biri tvitterda ma'lum qilgan. 

Avvalroq 19 dekabrda Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin kechki payt "agar vaqti qolsa", Kichik teatrga tashrif buyurishi mumkinligini ma'lum qilgandi.

Teatrning asosiy binosi restavratsiyadan keyin "Gore ot uma" spektakli bilan ochilishi kerak edi. Komedik spektakl muallifi Aleksandr Griboyedov 1829 yilda Rossiyaning Tehrondagi elchixonasiga hujum oqibatida halok bo‘lgan. O‘shanda fanatik kayfiyatdagi olomon elchixona hududiga bostirib kirib, uning xodimlari va u yerda yashirinib olgan armanlarni qirgan.

 

Mavzuga oid