Sport | 00:47 / 20.12.2016
9914
1 daqiqa o‘qiladi

Rus klublari Rossiya elchisining o‘ldirilishidan keyin o‘z rejalarini o‘zgartirishi mumkin

Foto: eurosport.ru

Rossiya premer-ligasi xavfsizlik masalalari bo‘yicha direktori Aleksandr Meytin Turkiyada Rossiya elchisining o‘ldirilishidan so‘ng klublar o‘z rejalarini o‘zgartirishi mumkinligini aytdi.

«Bu so‘nggi soatda chiqqan yangilik. Hozir bir narsa deb bo‘lmaydi. Ammo klublar qishki yig‘inlarni Turkiyada o‘tkazish rejasini o‘zgartirishi mumkin. O‘ylashimcha liga va klublar bu masalani alohida muhokama qilamiz.

Balki ertaga ko‘proq xabarlar chiqar. Bu RFI majlislariga kiritilmagan mavzu edi. Lekin ertaga albatta qaysidir ijroqo‘m a'zosi bu masalani ko‘tarib chiqishi mumkin», — deya Meytindan iqtibos keltiradi «R-Sport».

RFI ijroqo‘mi yig‘ilishi 20 dekabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid