Jamiyat | 21:28 / 20.12.2016
14375
1 daqiqa o‘qiladi
Video: Misrda Halabdagi bolalar haqida soxta rolik tayyorlayotgan guruh qo‘lga olindi
Misr Ichki ishlar vazirligi Halabdagi voqealarni aks ettirish maqsadida bolalar ishtirokida s'yomka qilayotgan guruhga oid videoni namoyish qildi.
Suratga olish guruhi Port-Said viloyati hududida qo‘lgan olingan. Bu guruh tarkibida bolalarning ota-onasi ham bor.
Misr IIV ma'lumotiga ko‘ra, o‘tkinchi yo‘lovchilar va politsiyachilar xarobalar orasida qizil dog‘larga belangan ko‘ylak kiyib, qo‘lida ayiqcha tutgan qizni payqashgan.
Politsiyachilar uning libosidagi qon emas, oddiy bo‘yoq ekanini aniqlashgan. Fotograf esa bu suratlarni ijtimoiy tarmoqlarda Halabdan manzaralar sifatida tarqatmoqchi bo‘lganini tan olgan.
Mavzuga oid
13:00 / 27.09.2024
O‘zbekiston va Misr o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi
12:40 / 16.09.2024
Misrda xorijiy turistlar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
23:44 / 09.09.2024
Misrlik arxeolog Germaniyadan Nefertiti byustini qaytarishni talab qilmoqda
17:58 / 07.09.2024