Jahon | 23:29 / 21.12.2016
8786
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Karlov qotilining Gulen bilan aloqasi borligiga shubhasi yo‘qligini aytdi

Foto: Reuters

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlovni otib o‘ldirgan Mard Oltintosh turk muxolifatchisi Fathulla Gulen (FETO tashkiloti) tarafdorlari bilan bog‘liq bo‘lgan, deb ma'lum qildi Reuters axborot agentligi. 

"U FETO tarmog‘i a'zosi bo‘lganini yashirishga sabab yo‘q. Uning barcha aloqalari FETOga ko‘rsatmoqda", deb aytgan Erdo‘g‘an.  

Erdo‘g‘an dastlabki xulosalar qotilning xorijda aloqalari bo‘lganini ko‘rsatayotganini qo‘shimcha qildi. Biroq Erdo‘g‘an tafsilotlarga berilib o‘tirmadi.

Turk OAV qotilning mehmonxonadagi xonasi tintuv qilinganda "Al-Qoida" terrorchilik guruhi va FETO tashkiloti haqida kitoblar topilganini ma'lum qilgandi.

 

Mavzuga oid