O‘zbekiston-Ozarboyjon vazirliklararo maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
2016 yilning 20-21 dekabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Ozarboyjon Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asosini inventarizatsiya qilish va takomillashtirish bo‘yicha vazirliklararo maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi.
Ozarboyjon Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasiga Xalqaro huquq va shartnomalar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Jyeyhun Shahverdiyev boshchilik qildi.
Maslahatlashuvlar chog‘ida hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslari inventarizatsiya qilindi, ikki tomonlama hujjatlar loyihalari bo‘yicha fikr almashildi hamda munosabatlarning huquqiy negizini rivojlantirish va kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Muzokaralar davomida tashqi siyosat idoralarining huquq xizmatlari faoliyati yuzasidan ham fikr almashildi.
Mavzuga oid
20:16 / 27.09.2024
Armaniston Boku bilan tinchlikka erishish uchun Konstitutsiyasini o‘zgartirishga tayyor
09:50 / 20.09.2024
Toshkentda O‘zbekiston-Ozarboyjon maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
22:04 / 03.09.2024
Ozarboyjon va O‘zbekiston parom ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
07:42 / 02.09.2024