Lukashenko Ukrainaning sobiq prezidentiga keyingi yil ramzini tuhfa qildi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Yangi yil arafasida Ukrainaning sobiq prezidenti Leonid Kuchma bilan o‘zaro sovg‘alar almashdi, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi.
Lukashenko Ukrainaning 2-prezidentiga 2017 yil ramzi bo‘lgan xo‘rozning yumshoq o‘yinchog‘ini taqdim qildi. Kuchma esa o‘z navbatida Lukashenkoga italyan mutafakkiri Nikkolo Makiavellining asarlari to‘plamini taqdim qildi.
Lukashenko va Kuchma Belarus-Ukraina aloqalarining joriy holati va rivojlanish istiqbollarini, Ukrainadagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha uch tomonlama kontakt guruhining ishini muhokama qilishdi.
"Men uchun suhbatlashish doimo katta sharaf. Odamlar hayot davom etayotganini bilsinlar", deb aytgan Kuchma.
Bunga Lukashenko "Ha va do‘st bo‘lib qolganimizni ham", deb javob bergan.
Belarus va Ukraina 27 dekabrda diplomatik aloqalarni o‘rnatishganining 25 yilligini nishonlaydilar.
Mavzuga oid
11:53
Zelenskiy Ukrainaning Germaniyadagi elchisini almashtirishga qaror qildi
08:05
Bayden Pentagonga Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishni buyurdi
21:53 / 25.12.2024
Ukraina Rossiya bilan iqtisodiy urushda g‘alaba qozonmoqda - The Economist
21:15 / 25.12.2024