Shaytonning ham internetda sahifalari borligini bilasizmi?!
Internet olami shiddat bilan rivojlanib borayotgani hech kimga sir emas. Diniy xodimlar ham, masjidlar, diniy markazlar ham o‘zlarining veb-sahifalariga ega bo‘lib, sekin-sekin Tvitter, Instagram, Feysbuk va Telegram kabi dasturlarda o‘rinlarini egallab bormoqda. Ayni kunda hamma sayt, sahifalar ochib, a'zo bo‘lmoqda.
Ming afsuski shayton ham unda sahifa ochgan. Bir qancha sahifalar ochgan. Shaytonning ham sahifalari bor. Hozir mana shu internet olamida boshqa sahifalar bilan birga ishlayotgan shayton sahifalari ko‘payib ketdi. Mana shu sahifalardan ehtiyot bo‘lmoqlik darkor.
Sababi shayton o‘zining yo‘liga da'vat qilarkan, u men shaytonman demaydi – men farishtaman deydi. Shayton o‘zini farishta deb odamlarni da'vat qiladi va bu yo‘lni eng to‘g‘ri yo‘l deydi. O‘zining yo‘lidan boshqa yo‘ldagilarni haqorat qiladi, ularni tanqid qiladi – shaytonning ishi mana shu.
Shayton muzayyin sifatiga ega, ziynatlovchi sifatga ega. Internetda esa doim ishi fitna, adovat bo‘lgan sahifalar ishlamoqda. Biz bemalol o‘sha sahifalarni, saytlarni, kanallarni egalarini shaytonlar deb ayta olamiz. Ularga Alloh subhanu va taoloning jazosi tayin.
Shaytonni tanish uning amalidan bo‘ladi. Agar mana shu sahifa, saytlarga iloji boricha tushmaylik-ku, nazari bir marta tushgan odam ularning kimligini yaxshi biladi. Ularning vazifasi nima, nimalardan iborat ekanligini yaxshi biladi. Hozir aksariyat shunday saytlar ahli ilmlarni haqorat qilish bilan mashg‘ul bo‘lib qolgan. Yurtimizda rasmiy faoliyat olib borayotgan ahli ilmlarga tana toshini otish go‘yoki ularning vazifalari. Haqorat qilishdan iborat go‘yoki ularning vazifalari.
Bizning ularga aytadigan gapimiz shu bo‘ladi: Alloh subhanu va taolo sizlarga o‘xshaganlardan panoh so‘rashni bizlarga Qur'onda buyurgan. Alloh subhanu va taoloning nomidan biz sizlarga o‘xshagan jin va inson-shaytonlardan panoh so‘raymiz va qiyomatda sizlarning yonajak joylaringiz ma'lum. Ammo, ehtiyot bo‘linglarki, bu dunyoda ahli ilmlarning go‘shtlari zaharli bo‘ladi. Hadeb bu ahli ilmlarning zaharlangan go‘shtini tanovvul qilish evaziga balkim sizlarning zurriyodlaringiz beaybdir yoki avlodlaringizda beayb odamlar bordir – ularni kasringizga qoldirmang.
Alloh subhanu va taoloning o‘zi yomonlarga kifoya qilsin. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh!
Rahmatulloh qori Sayfuddinov
Toshkent shahar Yunusobod tumani
“Mirza Yusuf” jome masjidi imom xatibi
Mavzuga oid
22:30 / 29.09.2024
Mark Sukerbergning boyligi oxirgi 2 yilda olti barobarga oshdi
00:32 / 29.09.2024
Meta kompaniyasi parollarni saqlashda xatolikka yo‘l qo‘ygani uchun 91 mln yevro jarimaga tortildi
21:56 / 18.09.2024
Instagram o‘smirlar uchun ota-onalar nazoratidagi akkauntlarni joriy qilmoqchi
21:49 / 17.09.2024