Vengriya poytaxtiga bronetransportyorlar kiritildi
Vengriya poytaxti Budapeshtda katolik Rojdestvo arafasida teraktlar sodir etilishidan xavotirlanib, bronetransportyorlar kiritildi. Bundan tashqari, shaharda ko‘p sonlik politsiya xodimlari va Aksilterrorchilik markazi agentlari qo‘llarida avtomat bilan partul nazorati olib borishayotgani qayd qilingan.
Vengriya poytaxti va boshqa bir qator shaharlarda xavfsizlik choralarini kuchaytirishga mamlakat ichki ishlar vaziri Shandor Pinter buyruq bergan. Ta'kidlanishicha, Budapeshtdagi Vereshmarti maydonida bosh Rojdestvo yarmarkasidagi xavfsizlik choralariga katta e'tibor berilgan. Shuningdek, Rossiya va Germaniya elchixonalari qo‘riqlanishi kuchaytirilgan.
19 dekabrda Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov otib tashlangandi. Berlinda esa Rojdestvo yarmarkasida yuk mashinasida noma'lum kimsa katta tezlikda odamlarni ataylab urib ketgan. Oqibatda 12 kishi halok bo‘lgan, 48 kishi shifoxonaga yetkazilgan. Terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan. Yuk mashinasini boshqargan jinoyatchi yashirinishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirda u politsiya tomonidan qidirilmoqda.
Mashina Polsha avtomobil davlat raqamiga ega bo‘lgan. Uning kabinasida Polsha fuqarosi jasadi topilgan. Taxminlarcha, uni terrorchi o‘ldirgan.
Mavzuga oid
16:16 / 08.11.2024
Taxtiqoracha dovonida tosh bosib qolganlarning ikki nafari vengriyalik bo‘lgan
23:00 / 23.10.2024
O‘zbekistonning Xorvatiyadagi birinchi elchisi tayinlandi
13:30 / 23.10.2024
Vengriyadan professor-o‘qituvchilar O‘zbekistonda dars berish uchun yuboriladi
15:00 / 16.10.2024