Jahon | 16:00 / 23.12.2016
26640
2 daqiqa o‘qiladi

Putin dunyodagi voqealarga ta'siri haqidagi savolga «Kavkaz asirasi»dan iqtibos keltirib javob qaytardi

Foto: © RIA Novosti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot an'anaviy tarzda payshanba kuni emas, balki bugun Toshkent vaqti bilan soat 14.00da, xalqaro savdo markazi binosida boshlandi.

Rossiyaning Turkiyadagi Elchisi — Andrey Karlovning o‘ldirilishi katta anjumanning bir kunga kechiktirilishiga sabab bo‘ldi.

Putin uchrashuv zaliga kirib kelib, jurnalistlar bilan salomlashdi va darhol savollarga o‘tishni taklif qildi.

U VGTRK jurnalistining o‘zining dunyo siyosatidagi voqealarga ta'siri, xususan, AQShdagi saylovlar va Brexit voqeasiga ta'siri xususidagi savolga hazillashib javob berdi.

Putin AQShdagi saylovlarda Demokratik partiya o‘zining omadsizligiga tashqi omillarni sabab qilib ko‘rsatmoqchi bo‘layotganini aytib o‘tgan.

«Biz Dempartiya prezidentlik saylovlaridagina emas, senat uchun saylovda ham, Kongressda ham yutqazdi. Bu ham bizning, mening ishimmi? Keyin biz XVII asrga oid cherkov xarobalari ustida bayram qildik. Cherkovni ham biz vayron qilib chiqqan bo‘lamizmi?» — degan Putin «Kavkaz asirasi» filmidagi iborani eslab.

Mavzuga oid