Jahon | 18:39 / 23.12.2016
11048
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya prezidenti AQShdagi saylovlar vaqtida sodir etilgan kiberhujumlar borasida fikrini aytdi

Foto: TASS

Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik hamkasbi Barak Obama bilan AQSh prezidenti saylovlari vaqtida xakerlik hujumlari borasida "qizil telefon" orqali gaplashgani haqida NBC telekanali bergan ma'lumotga izoh berib, u hech qachon "birga bir" gaplashgan suhbatlarining mazmunini oshkor qilmasligini aytdi.  

Putin "yutqazgan tomon hamisha aybdor qidirishini" ta'kidlab o‘tdi. U AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning qaysi davlatdan xakerlik hujumi uyushtirilganini bilishning iloji yo‘qligi haqidagi fikriga qo‘shilishini aytdi.

Rossiya prezidenti AQSh Demokratik partiyasi shtabiga xakerlik hujumi bilan bog‘liq vaziyatda asosiysi – bu "jamoatchilik fikriga taqdim qilgan ma'lumotning mohiyatidir", dedi. Uning fikricha, "xakerlar haqiqatni ko‘rsatishgan".

Avvalroq Barak Obama oktabrda Moskva va Vashington o‘rtasidagi maxfiy liniya hisoblanuvchi "qizil telefon" orqali Rossiyaning AQShdagi prezidentlik saylovlariga aralashuvidan ogohlantirish uchun foydalangani ma'lum qilingandi. 

 

Mavzuga oid