Ukraina va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida vizasiz tartib qachon kiritilishi mumkinligi ma'lum qilindi
Ukraina va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida vizasiz tartib 2017 yilda kiritiladi, biroq buning aniq sanasi haqida gapirish yaramaydi, deb aytdi Ukraina bosh vaziri Vladimir Groysman.
"Fikrimcha, viza tartibi – bu mutlaq o‘tmishdir. Ayonki, vizasiz tartib 2017 yilda joriy qilinadi, biroq aniq sanani aytmayman", deb aytdi Groysman Kiyevda talabalar bilan uchrashuvda.
Yevropa parlamenti 15 dekabrda uchinchi davlatlar uchun ular hududidan muhojirlar va qochqinlarning Yevropa Ittifoqining bitta yoki bir nechta davlatiga nazoratsiz oqimi holatiga vizasiz tartibni to‘xtatish mexanizmini ma'qulladi. Bu instrumentning tasdiqlanishi Ukraina va Gruziya fuqarolariga YeIga qisqa muddatli safarlar uchun vizasiz tartib taqdim qilinishini to‘xtatib turgan. Avvalroq Yevrokomissiyadagi manba Yevropa Ittifoqi Ukraina fuqarolari uchun 2017 yil bahorida vizasiz tartibni taqdim qilishi mumkinligini ma'lum qilgan.
Yevropa Ittifoqi va Ukraina o‘rtasida viza tartibining erkinlashtirilishi haqida muloqot 2008 yilda boshlangan, 2010 yil noyabrda YeI Ukrainaga vizasiz tartibni olish uchun harakatlar rejasini taklif qilgandi. Ukraina parlamenti vizasiz tartibni olish uchun YeI talab qilgan barcha qonun loyihalarini qabul qilgan. Yevrokomissiya 2015 yil dekabrda Kiyev tomonidan barcha shartlar bajarilganini tasdiqlagandi.
Mavzuga oid
10:05
Trampning qaytishi: Ukraina masalasida AQSh va Yevropaning pozitsiyasi bo‘linadimi?
14:00 / 16.11.2024
Umerov: Ukraina Rossiya tomonidan egallab olingan barcha yerlarni qaytarib olmoqchi
13:46 / 16.11.2024
Jurnalistlar Ukrainada 78 ming rossiyalik askar halok bo‘lganini tasdiqladi
22:30 / 15.11.2024