Qozog‘istonlik qiz o‘z sochlarini yeyishi og‘ir oqibatga olib keldi
Qozog‘istonning Taraz shahrini Muhabbat ismli qizcha voqeasi hayratlantirdi. Yaqinda jarrohlar qizni operatsiya qilishdi va uning oshqozonidan bir kilogramm soch chiqarib olishdi. 11 yoshlik qizchaning oshqozoni to‘liq va ichaklarining bir qismi soch bilan to‘lgan bo‘lgan.
Qizcha tunda shifoxonaga olib kelingan. U qornidagi og‘riqlardan to‘xtamay yig‘lagan. Qizcha to‘la oshqozoni bilan na ovqat yeya olgan, na suv icha olgan. Jarrohlar uning oshqozoniga yetib borishganda, unda bir uyum sochni aniqlashgan. U tashqi ko‘rinishidan namat matosiga o‘xshash bo‘lgan.
Aniqlanishicha, qizcha Rapuntsel sindromidan aziyat chekkan. Bu sindrom ruhiy kasallik bo‘lib, undan aziyat chekuvchilar asabiylashish vaqtida o‘z sochlarini yeyishni boshlaydilar. Ajab emaski, bu muammo ko‘pincha oshqozon-ichak yo‘lida jiddiy oqibatlarga olib keladi.
Bunday kasallikda ichak va oshqozonni jarrohlik aralashuvisiz tozalab bo‘lmaydi va bunday muolaja zudlik bilan amalga oshirilishi lozim.
Mavzuga oid
22:16 / 27.09.2024
To‘qayev korteji marshrutidan o‘q otish qurollari topildi
20:17 / 27.09.2024
Qozog‘istonda o‘zining ichki organlarini qariyb 19 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
14:00 / 27.09.2024
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasini demarkatsiya qilish shartnomasi BMTga topshirildi
19:18 / 25.09.2024