Jahon | 09:37 / 28.12.2016
21485
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Davlat departamenti Erdo‘g‘anning ayblovlariga javob berdi

Foto: AP

AQSh Davlat departamenti Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Turkiya AQSh boshchiligidagi koalitsiya IShID terrorchilarini qo‘llab-quvvatlashi borasida isbotlarga egaligi haqidagi gaplarini "kulgili" deb aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

AQSh Davlat departamenti vakili Anqarada bunday gaplarni aytishga asos yo‘qligini ta'kidlab o‘tdi. 

"Bu bema'ni ayblov", deb aytgan vakil.

Avvalroq Erdo‘g‘an Anqara AQSh boshchiligidagi koalitsiya IShID terrorchilarini qo‘llab-quvvatlashi borasida isbotlarga egaligini aytgandi.

Mavzuga oid