Jahon | 00:41 / 28.12.2016
12420
2 daqiqa o‘qiladi

Anqara turk harbiylarining qatl etilishi videosi haqiqiyligiga gumon bildirdi

Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari No‘'mon Kurtulmush OAVni IShID jangarilari tomonidan turk askarlarining yoqib yuborilishi videokadrlarini tarqatishda e'tiborliroq bo‘lishga chaqirdi, chunki hukumatda bu videoning haqiqiyligini tasdiqlovchi isbot yo‘q, deb xabar bermoqda Anadolu axborot agentligi. 

"Qurolli kuchlarimiz va mudofaa vazirligimizdan bu videoyozuv haqiqiyligini tasdiqlovchi birorta aniq ma'lumot yo‘q", deb aytdi Kurtulmush.

Uning ta'kidlashicha, agar turk harbiylarining qatl etilishi tasdiqlansa, u davlat tashkilotlari tomonidan chop etiladi.

Kurtulmushning fikricha, terrorchilar Turkiya fuqarolariga soxta videolarni tarqatish yo‘li bilan ta'sir qilmoqchi.

"Ijtimoiy OAV bu mas'uliyatsiz maqolalar uchun maydonmas. Turkiya de-fakto IShID bilan urush holatida turibdi, Turkiya fuqarolariga soxta videolar bilan ta'sir qilishga urinishlar vatanparvarlik tushunchasi bilan birorta umumiy jihatga ega emas", deb ta'kidlab o‘tdi Kurtulmush.

 

Mavzuga oid