Erdo‘g‘an AQSh boshchiligidagi koalitsiya IShIDga yordam berishiga isboti borligini aytdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an unda AQSh boshchiligidagi koalitsiya Suriyadagi terrorchilik guruhlariga, jumladan IShIDga yordam berishiga isbot borligini aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Erdo‘g‘anning aytishicha, koalitsiya kuchlari IShIDga qarshi kurash bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmayapti.
"Ular bizni IShIDni qo‘llab-quvvatlashda ayblashdi. Ular hozir terrorchilik guruhlari, jumladan IShID, "Xalq mudofaasi otryadlari" va "Demokratik ittifoq"ni qo‘llab-quvvatlamoqdalar. Bizda buning isboti, jumladan fotosuratlar va video bor", deb aytdi Erdo‘g‘an Anqaradagi matbuot-anjumanida.
Turkiya hukumati Suriyadagi eng yirik kurd partiyasi "Demokratik ittifoq"ni Turkiyadagi Kurdiston ishchi partiyasi bilan aloqador terrorchilik tashkiloti deb hisoblaydi. "Xalq mudofaasi otryadlari" va "Ayollar mudofaa otryadlari" esa "Demokratik ittifoq"ga bo‘ysunadi va kurd tumanlarini terrorchilardan, jumladan IShIDdan himoya qiladi. Turkiya shuningdek "Xalq mudofaasi otryadlari"ni ham terrorchilik guruhi deb hisoblaydi.
Avvalroq Suriya prezidenti Bashar Asad ham AQShni terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashda ayblagandi. Uning aytishicha, Palmirani egallab olgan jangarilar shaharga "yoki amerikaliklarning bevosita yordamida, yoki amerikaliklarning ruxsati bilan" kelgan.
Mavzuga oid
21:19 / 16.11.2024
Tramp Oq uy tarixidagi eng yosh matbuot kotibini tayinladi
15:52 / 16.11.2024
Amerikalik olimlar bioorganizmlarning “uchinchi holati”ni aniqladi
15:12 / 16.11.2024
Uyqu to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi - tadqiqot
14:32 / 16.11.2024