Jamiyat | 15:21 / 29.12.2016
24521
1 daqiqa o‘qiladi

“Bu siz bugun tomosha qilgan eng kulgili video” yoki 32 million kishi ko‘rgan rolik

AQShning Ohayo shtatida istiqomat qiluvchi 88 yoshli Don Driggsning nabirasi buvasi tasvirlangan rolikni ijtimoiy tarmoqlarda chop etdi.

Facebook’da taqdim etilgan videoyozuv 32 million marotaba tomosha qilindi. Unda 88 yoshli erkakning qattiq kulgani sabab sun'iy jag‘larining tushib ketganini ko‘rish mumkin.

Ma'lum bo‘lishicha, erkak o‘z oilasi bilan birga Speak Out o‘yinini o‘ynagan. Qoidaga ko‘ra, ishtirok og‘iz bo‘shlig‘ida begona narsa bo‘lgani holda ma'lum bir so‘zlarni maksimal darajada aniq talaffuz qilishi talab etiladi. Navbat Don Briggsaga kelganida esa u tasodifan yasama jag‘ni “tushirib yubordi”. 

Erkakning Emi ismli nabirasi rolikka quyidagicha izoh qoldirgan: “Bu siz bugun tomosha qilgan eng kulgili videodir”.

Mavzuga oid