Reuters: Rossiya, Turkiya va Eron Suriyani bo‘lib olmoqchi
Rossiya, Turkiya va Eron Suriyani norasmiy ta'sir ko‘rsatish hududlari ko‘rinishida bo‘lib olmoqchi, deb xabar bermoqda xabardor manbalarga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.
Axborot agentligi manbalari ma'lumotlariga ko‘ra, Suriya prezidenti Bashar Asadga keyingi saylovlargacha o‘z lavozimini saqlab qolishga ijozat beriladi. Ta'kidlanishicha, bu muddat yakunlangandan keyin, mamlakatni "kamroq bahsga sabab bo‘luvchi nomzod" egallaydi, Asad esa o‘z lavozimini o‘zi va oilasi uchun xavfsizlik kafolatlari berilishi sharti bilan tark etadi.
"Yakuniy kelishuvga erishish qiyin bo‘ladi, biroq tomonlarning dastlabki pozitsiyalari o‘zgardi", deb aytgan Xalqaro ishlar bo‘yicha Rossiya kengashi bosh direktori Andrey Kortunov.
Bundan tashqari, Kortunovning aytishicha, Asad o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan bir necha nomzod muhokama qilingan.
Mavzuga oid
10:05 / 16.11.2024
YeI Rossiya uchun ballistika tufayli Eronga qarshi sanksiyalar tayyorladi
20:37 / 15.11.2024
Isroil Erondagi maxfiy yadro laboratoriyasini yo‘q qildi - OAV
00:51 / 15.11.2024
Pizishkiyon: Eron yadro qurolini yaratmaydi
09:15 / 12.11.2024