Internetda Istanbul teraktiga oid yangi videolar paydo bo‘lmoqda
Internetda 1 yanvar kuni Istanbul shahridagi tungi klubga Kalashnikov avtomati bilan qurollangan terrorchining hujum qilishi tasvirlangan videolar tarqalmoqda.
Videolardan birida terrorchi Reina tungi klubiga kiraverishda soqchini otgani va odamlar har tomonga qocha boshlagani ko‘rinadi.
U bino ichiga kirib, odamlarni birma-bir ta'qib qilib, "ovlagan".
Ushbu hujum arafasida binoda 600 chog‘li kishi bo‘lgan. Terrorchi 39 kishini o‘ldirgan va 69 kishini yaralagan. Qurbonlar orasida 16 davlat fuqarolari, jumladan Hindiston, Kanada, Suriya, Isroil, Tunis, Iroq, Livan, Belgiya va Saudiya Arabistoni fuqarolari bor edi.
Avvaliga terrorchi politsiya tomonidan yo‘q qilingani aytildi. Ammo bu ma'lumot tasdiqlanmadi. Hozir u qidiruvda.
Bundan oldinroq, politsiya ushbu terrorchi IShIDga a'zo bo‘lgan o‘zbekistonlik bo‘lishi mumkinligi haqida ma'lumot tarqatdi.
Mavzuga oid
18:42 / 10.09.2024
Firibgarlikda gumonlanib, qidiruvda bo‘lgan shaxs Turkiyada ushlandi
11:22 / 06.09.2024
Istanbulga ammasi taklifi bilan borib, ko‘chada qolib ketgan 21 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi
17:30 / 25.08.2024
Turkiyadagi o‘zbekistonliklar bolalarini maktabga berishda e’tiborli bo‘lishga chaqirildi
18:05 / 26.06.2024