Jamiyat | 09:48 / 03.01.2017
25789
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda egizaklar turli yillarda dunyoga kelishdi

Foto: KPHO; KTVK via CNN Newsource

AQShning Arizona shtatida egizak aka-ukalar Everett va Soyyer Shey 11 daqiqalik farq bilan, biroq shu bilan birga ulardan biri 2016 yilda mahalliy vaqt bilan soat 23:50 da, ikkinchisi esa 2017 yil soat 00:01da dunyoga kelishdi. Bu antiqa voqea haqida USA Today portali ma'lum qildi. 

Bolalarning ota-onalari Brendon va Xolli Sheyning aytishicha, nazariy jihatdan ular shunday bo‘lishini taxmin qilganlar: ayol tug‘ruqxonaga yangi yil kirishidan bir necha soat oldin olib kelingan. Juftlik 4 va 13 yoshli qiz farzandlari borligi sababli o‘g‘il farzand ko‘rganidan xursand ekanligini aytdi.

"O‘g‘il farzandlar bo‘lsa, yaxshi. Xush kelibsan oilaga, testosteron", deb hazillashgan bolalar otasi.

Mavzuga oid