Jahon | 00:42 / 03.01.2017
11364
1 daqiqa o‘qiladi
Misr hukumati 7 yanvarni dam olish kuni deb e'lon qildi
Misr hukumati Rojdestvo bayrami munosabati bilan 7 yanvarni umummilliy dam olish kuni deb e'lon qildi. Bu haqida TASS agentligi xabar berdi.
Hukumatning mazkur masalaga doir qarorini mamlakat bosh vaziri Sharif Ismoil imzoladi.
"Rojdestvo bayrami munosabati bilan 7 yanvar, shanba kuni dam olish kuni, deb e'lon qilinsin", - deyiladi hujjatda.
Bu kun "barcha vazirliklar, boshqa davlat idoralari, ijtimoiy tashkilotlar, mintaqaviy va mahalliy ma'muriyatlar, shuningdek xususiy sektor kompaniyalari va korxonalarida band bo‘lgan xodimlar uchun" dam olish kuni hisoblanadi.
Mavzuga oid
12:40 / 16.09.2024
Misrda xorijiy turistlar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
23:44 / 09.09.2024
Misrlik arxeolog Germaniyadan Nefertiti byustini qaytarishni talab qilmoqda
17:58 / 07.09.2024
Turkiya va Misrning yarashuvi: ular nega arazlashgan edi?
17:00 / 06.09.2024