Fan-texnika | 07:19 / 03.01.2017
4229
1 daqiqa o‘qiladi

SpaceX 8 yanvardan Vandenberg kosmodromidagi parvozlarini tiklaydi

Foto: twitter.com/SpaceX

8 yanvar kuni SpaceX kompaniyasining halokatdan keyingi birinchi Falcon 9 raketa-tashuvchisiga start beriladi. Bu haqida SpaceX xabarida ma'lum qilingan

"SpaceX 8 yanvarda Iridium NEXT sun'iy yo‘ldoshini ishga tushirib, Vandenberg kosmodromida parvozlarni qayta tiklashni rejalashtirmoqda", - deyiladi kompaniya xabarida. 

Shuningdek SpaceX'da sentabr oyida ro‘y bergan halokatni o‘rganish ishlari yakuniga yetgani haqida ma'lum qilishdi. Unga yuqori bosim ostidagi ballonlardan biridagi nosozlik sabab bo‘lgan deb topildi. 

 

Mavzuga oid