Iqtisodiyot | 20:11 / 04.01.2017
9515
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa markaziy banklari ichida eng yaxshi rahbar nomi e'lon qilindi

Foto: TASS

Rossiya markaziy banki raisi Elvira Nabiullina The Banker britan jurnali talqini bo‘yicha Yevropa markaziy banklari rahbarlari ichida eng yaxshisi deb tan olindi. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda. 

Jurnalning ta'kidlashicha, Rossiya banki rahbarining sa'y-harakatlari evaziga Rossiyada inflyatsiya 2015 yildagi 12,1 foizdan 2016 yilda 6 foizgacha kamaydi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma'lumotlariga ko‘ra, zamonaviy Rossiya tarixida bunday natija avval qayd qilinmagan. 

Jurnal Nabiullinaning Rossiya bank tarmog‘ini sog‘lomlashtirishiga e'tibor qaratdi. 2014 yildan Rossiya banki tijorat banklaridan 300 ga yaqin litsenziyani qaytarib olgan. Jurnalning ta'kidlashicha, Rossiya banki moliya vazirligi bilan birgalikda pensiya tizimining yangi konsepsiyasini ishlab chiqmoqda. 

"Pensiya vositalari Rossiya iqtisodiyoti uzoq muddatli zaxiralari uchun eng muhim manba bo‘lishi kerak. Umid qilamizki, loyiha 2017 yil parlament tomonidan qabul qilinadi", deb aytdi Nabiullina jurnalga.

Mavzuga oid