Fan-texnika | 13:01 / 04.01.2017
13590
1 daqiqa o‘qiladi
Telegram eski Android-qurilmalarni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi
Whatsapp’dan so‘ng Telegram messenjeri ham Android'ning eski versiyalarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi. Messenjerning yangi versiyasi Android 4.0 Ice Cream Sandwich va undan yuqori versiyadagi operatsion tizim bilan ishlaydi.
Avval Telegram Android'ning 2,2 Froyo versiyadan boshlab ishlar edi. Android 2.2 versiyasida 0,1 foiz, Android 2.3 versiyasida 1,2 foiz, Android 3.0’da esa 0,1 foizdan ham kamroq qurilmalar ishlaydi.
Telegram qo‘llab-quvvatlaydigan eng eski Apple-qurilmalaridagi operatsion tizim o‘zgarmadi – iOS 6.
Mavzuga oid
15:30 / 26.09.2024
Pavel Durov fransuz tergovchilariga yiliga atigi bir dirham ishlab topishini aytgan - OAV
18:35 / 23.09.2024
Jinoyatchilarning Telegram raqamlari va IP-manzillari oshkor etiladi – Durov
20:17 / 21.09.2024
Telegram turli mamlakatlarning huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qila boshladi
10:02 / 19.09.2024