Jahon | 12:57 / 04.01.2017
52290
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya hukumati Istanbuldagi terakt ijrochisining shaxsini aniqladi

Turkiya TIV rahbari Mavlud Chovusho‘g‘li Istanbuldagi tungi klubga 1 yanvar kuniga o‘tar kechasi hujum uyushtirgan shaxsning kimligi aniqlangani haqida ma'lumot berdi. Bu haqda Hurriyet agentligi xabar tarqatgan.

Hozircha uning nomi sir tutilmoqda.

Avvaliga hujum O‘zbekiston yoki Qirg‘iziston fuqarosi tomonidan sodir etilgani haqida xabarlar berilgandi.

Biroz avvalroq esa Izmir shahrida teraktga aloqadorlikda gumon qilinib, yana 5 kishi qo‘lga olingani ma'lum bo‘ldi.

1 yanvarga o‘tar kechasi noma'lum shaxs Istanbulning Yevropadagi qismida joylashgan O‘rtako‘cha tumanidagi tungi klubga Kalashnikov avtomati bilan bostirib kirib, yangi yil bayramini nishonlayotgan kishilarni qirg‘in qildi. Terakt oqibatida 39 kishi halok bo‘ldi. Qurbonlar orasida Rossiya, Livan, Liviya, Isroil, Saudiya Arabistoni, Marokash va Iordaniya fuqarolari ham bo‘lgan. Ushbu hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.

Turkiya politsiyasi tungi klubdagi teraktni sodir etishda gumon qilinayotgan erkakning selfisini namoyish qildi

Mavzuga oid