Boshpanasiz kishiga 12 ming dollarlik tanga tashlab ketishdi
Buyuk Britaniyaning Ekseter shahrida noma'lum shaxs boshpanasiz kishiga noyob tanga tashlab ketdi. Metro nashrida xabar berilishicha, uning qiymati taxminan 10 ming funtga (taxminan 12 ming dollar) baholanmoqda.
Noodatiy shakldagi, quyon rasmi tushirilgan tangani ko‘rgan faqir uning qancha turishi mumkinligiga qiziqdi va politsiyaga murojaat qildi. Huquq-tartibot organlari xodimlari smartfonlar yordamida faqirning kollektsion tangalardan birini qo‘lga kiritganini aniqlashdi. Bu tangalar 2016 yilning aprelida daniyalik taniqli bolalar yozuvchisi Beatris Potter tavalludining 150 yilligi sharafiga chiqarilgan.
Yetti burchakli tangalarda Potterning ertaklar qahramonlari tasvirlangan - quyoncha Piter, Uxti-Tuxti, olmaxon Jonni va boshqalar. Tangalar atigi 8 kun ichida tarqalib ketdi, ular internetdagi kimoshdi savdolarida minglab funtlarga sotila boshladi.
Nashrda boshpanasiz kishining topilmaga doir rejalari haqida ma'lumot berilmagan.
Mavzuga oid
21:52 / 17.09.2024
Buyuk Britaniya noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashga 75 mln funt ajratadi
22:56 / 15.09.2024
Daniyada noyob tangalar kolleksiyasi 15 mln yevroga sotildi
20:09 / 14.09.2024
Britaniyada ayol farzandini «ikki marta tug‘di»
16:34 / 13.09.2024