6400 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan shaxs 6 yilga qamaldi
Biror-bir foydali mehnat bilan shug‘ullanmasdan, o‘ziga firibgarlik bilan pul topishni kasb qilib olgan Mansur Xoliqov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) bir necha bor sudlandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining amnistiya to‘g‘risidagi qaroriga asosan unga nisbatan jinoyat ishlari harakatdan tugatilib, jazodan ozod etilganida ham o‘ziga tegishli xulosa chiqarmadi.
“Huquq” gazetasining yozishicha, u 2015 yilning bahor oyida Angor tumanida yashovchi bir necha fuqaroga o‘zini huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimi, deb tanishtirib, firib berishda davom etdi.
U shu yo‘l orqali ko‘pchilikning ishonchiga kirib, tanishlari orqali talabgorlarni korxona va tashkilotlarga, oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kiritishni va'da qilib, turli miqdordagi pul mablag‘larini qo‘lga kiritib keldi.
Xususan, fuqarolar E.Davlatovdan 100 AQSh dollari va 900 ming so‘m, A.Qarshiyevdan 1300 AQSh dollari, N.Qurbonovadan 3000 AQSh dollari, E.Rahmonovdan 2000 AQSh dollari va 2 mln. 400 ming so‘m, L.Namozovadan 3 mln. 600 ming so‘m, A.Doniyorovdan 11 mln. 500 ming so‘m va boshqalardan jami 6400 AQSh dollari va 24 mln. 200 ming so‘m pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yubordi.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv tadbirlarida M.Xoliqov qo‘lga olinib, SVOJJDLQK departamentining Angor tuman bo‘limi tomonidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Angor tuman sudining hukmiga ko‘ra M.Xoliqov aybdor deb topilib, 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Mavzuga oid
11:24 / 06.11.2024
IJQKDning iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi vakolatlari aniqlashtiriladi
11:12 / 29.10.2024
8 yilgacha qamoq jazosi – Jinoyat kodeksiga «lixoradchik»lar uchun alohida modda kiritildi
21:29 / 27.09.2024
Chilonzorda “dom” qurmoqchi bo‘lgan firma mansabdorlari tergovga tortildi
18:26 / 16.09.2024