Kerri: AQSh Rossiya, Turkiya va Eron bilan Suriya masalasida musobaqalashayotgani yo‘q
AQSh Rossiya, Turkiya va Eron bilan Suriyadagi inqirozga barham berish borasida musobaqalashayotgani yo‘q, aksincha, bu urinishlarni qo‘llab-quvvatlaydi, degan AQSh davlat kotibi Jon Kerri.
"Biz kuch sinashmayapmiz, biz Rossiya, Turkiya va Eronning Suriya bo‘yicha muzokaralarini qo‘llab-quvvatlaymiz", — degan Kerri o‘zining Vashingtonda o‘tkazgan katta matbuot anjumanida.
Kerrining so‘zlariga ko‘ra, u so‘nggi kunlarda RF va Turkiya tashqi ishlar vazirlari bilan suhbatlashgan hamda Ostonadagi muzokaralar Suriya inqirozi bo‘yicha Jyeneva muloqotini davom ettirishga qaydarajada yordam bera olishi mumkinligini muhokama qilgan.
Shunga ko‘ra, AQSh davlat kotibi Jon Kerri Suriya muammosiga bag‘ishlangan Ostona uchrashuvi bu borada olg‘a siljish bo‘lishiga umid qilayotgan bo‘lsa-da, u samara berishiga unchalik ham ishonmayapti.
"Biz bu bosqichda umid qilamizki, Ostonadagi uchrashuvda oldinga katta qadam tashlanadi. Albatta, qarashlar o‘zgarishi va Suriyada yuz berayotgan voqealarni e'tiborga olsak, bunga shubha qilamiz", — degan Kerri.
Mavzuga oid
21:08 / 25.12.2024
The Telegraph: Suriya sobiq prezidentining rafiqasi Asma Asad leykoz tufayli boshqalardan izolyatsiya qilindi
20:48 / 25.12.2024
Erdo‘g‘an Suriyadagi kurd qurolli guruhlarini «dafn etish»ga va’da berdi
19:47 / 25.12.2024
Al-Jo‘laniy isyonchi guruhlar qurollarini tashlashga roziligini e’lon qildi
12:10 / 25.12.2024