Sport | 11:30 / 06.01.2017
63825
1 daqiqa o‘qiladi

Mirabror Usmonov Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbarligidan ketdi

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda Kun'ga vaziyatdan xabardor manbalar ma'lum qilgan.

Manba bergan xabarga ko‘ra, MOQning yangi rahbari etib Alisher Sultonov tayinlangan. Endilikda sobiq rahbar Mirabror Usmonov qo‘mitaning faxriy prezidenti lavozimida qolgan. 

Mirabror Usmonov bundan buyon O‘FF prezidenti sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Ma'lumot uchun, 1967 yilda tug‘ilgan Alisher Sultonov 2013 yil noyabr oyidan buyon «O‘zbekneftgaz»ning Prognozlash, resurslar va investitsiya dasturlari bosh boshqarmasi boshlig‘i — boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Alisher Sultonov 2013 yilning dekabrida Qarshining «Nasaf» jamoasiga direktor bo‘lgandi.

2015 yilning avgustida «O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi rahbari etib tayinlangandi. U bu rahbarlik lavozimini ham saqlab qolgan.

Mavzuga oid