Jahon | 14:59 / 06.01.2017
4429
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Olland 2013 yildan beri 40 terrorchini qatl qilishga rozilik bergan 

Foto: AP

Tadqiqotchi-jurnalist Vinsent Nouzill o‘zining “Hal qiluvchi xatolar” kitobida Fransiya prezidenti Fransua Olland IShIDning xorijdagi 40 nafar terrorchisini yo‘q qilishga o‘z roziligini bergani borasida ma'lum qildi.

Kitob muallifining yozishicha, terrorchilar Fransiya milliy xavfsizligiga tahdid bahonasi bilan 2013 yildan beri yo‘q qilib kelingan.

Vinsent Nouzill qatllar harbiy vaqt qonunlariga zid bo‘lgani hamda tashqi razvedka xizmati va maxsus topshiriqqa ega bo‘lgan bo‘linmalar tomonidan amalga oshirilganini yozdi.

Yelisey saroyi esa bu borada izoh bermadi.

Mavzuga oid