Light | 14:34 / 07.01.2017
14064
7 daqiqa o‘qiladi

Ishbilarmonlarning unumdorlikni oshirishga doir eng sara maslahatlari

Bugungi kunda unumdorlikni oshirish bo‘yicha juda ko‘p maqolalar berib borilmoqda. VC 2016 yilda chop etilgan, shaxsiy unumdorlikni oshirishga qaratilgan maqolalarning orasidan eng qiziqarlilarini jamlab taqdim etdi. 

Diqqatni jamlash

Shaxsiy unumdorlikni oshirishga doir maslahatlar ko‘pincha diqqatni jamlashga bog‘liq. Ishbilarmonlar vazifalarni bajarishda tashqi chalg‘ituvchilardan xalos bo‘lish usullarini izlashda davom etishimoqda. 

Barcha kiruvchi xabarlarni o‘chirib qo‘ying

Chalg‘ituvchi omillar bilan kurashishning eng samarali usuli - telefon va kompyuterdagi barcha kiruvchi xabarlarni o‘chirib qo‘yish. "Biz bir vaqtning o‘zida bir necha ishni to‘laligicha bajara olmaymiz. Ehtimol, siz "buni uddasidan chiqaman" deb o‘ylarsiz, lekin unday emas: aslida miyangiz vazifalarning biridan ikkinchisiga o‘tadi. Siz har chalg‘iganingizda miyangiz o‘chib yonaveradi", - deya ishonch bilan ta'kidlaydi Crew va Unsplash servislari asoschisi Mikael Cho. 

Bloger va ishbilarmon Shinivas Rao ham xuddi shunday maslahat beradi. "Kun davomida bajaradigan ishlarimning aksariyatini men bir soat ichida tugallashga muvaffaq bo‘laman". Buning sababi shundaki, u ishga kirishgan vaqtida telefon, ijtimoiy tarmoqlar, pochtasini o‘chirib qo‘yadi va uning qo‘l ostida faqat qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan narsalargina qoladi. 

Ishbilarmonning fikricha, shu yo‘l bilan har qanday yirik vazifani bajarish mumkin. Masalan, bir yilda kitob yozish, biror odatni shakllantirish yoki yangi tilni o‘rganish. 

Smartfonni offlayn-rejimga sozlang

ProcrastZero servisi asoschisi Darius Foruks qo‘llaydigan yana bir usul - chalg‘ituvchi omillarga o‘rin qoldirmaslik uchun Wi-Fi'ni o‘chirish.

"Insonlarning aksariyati texnologiyalardan foydalanmaydi, aksincha - texnologiyalar ulardan foydalanadi. O‘yinlar, ilovalar, filmlar va seriallar foydalanuvchining e'tiborini jalb qilish uchun yaratilgan. Shu bois ularsiz e'tiborni boshqa narsaga qaratishga to‘g‘ri keladi", - deb yozadi Darius Foroks.

Nima uchun Netflix 3, 2, 1 soniyadan keyin keyingi epizodni avtomatik ravishda yutqaza boshlaydi? Chunki shunday vaqtlarda siz "Mayli, yana bir epizodni ko‘ray-chi" deb o‘ylaysiz. Youtube'da ham xuddi shu ahvol. Servislar foydalanuvchining diqqatini ushlab turish uchun qiziqarli kontentni tavsiya qilishga harakat qilishadi, shu bois doimo yana bir video, yana bir maqola, yana bir o‘yin variantlari tayyor turadi.

Foroks "har doim onlayn" rejimidan "har doim offlayn" rejimiga o‘tishni tavsiya qiladi. Buning uchun u smartfonidagi Wi-Fi'ni o‘chirib qo‘yadi va faqat zarurat tug‘ilgandagina uni yoqadi. 

Muhim vazifalarni kunning birinchi qismida bajaring

Ishbilarmon Mikael Choning ishonch bilan ta'kidlashicha, insonning diqqatini jamlash xususiyati u uyg‘onganidan keyin bir necha soat davomida ancha faol bo‘ladi, hattoki u kunning ikkinchi yarmida uyg‘onsa ham xuddi shunday holat kuzatiladi. "Shu bois eng muhim ishlarni kunning birinchi yarmida bajargan ma'qul. Nima muhimroqligini qanday aniqlash mumkin? O‘ylab ko‘ring, qaysi vazifani bajarishdan ko‘proq mamnuniyat his qilasiz. Aynan shunisidan boshlang".

Pochtani kunda uch marta tekshirishga odatlaning

Quora foydalanuvchisi Marius Ursachning fikricha, vazifalardan chalg‘iyvermaslik uchun e-mail'ni kuniga uch martagina tekshirish kifoya: ertalab soat 11, kunduzi soat 14 va ishni yakunlashdan avval - soat 17da. 

Ortiqcha ilovalarni o‘chirib tashlang

"Sizga o‘nta ilovaning keragi yo‘q. Bir necha universal ilovalarga ega bo‘lsangiz, shuning o‘zi yetarli. Moda ketidan quvib, eng mashhur ilovalarni yuklab olishga shoshilmang, chunki kelajakda baribir ulardan voz kechishingiz mumkin. Aynan sizning ehtiyojlaringizga mos keluvchi ilovani toping. Ish vaqtimning 90 foizida men faqat Google Chrome, TextEdit, Trello va Google Docs'ni qo‘llayman", - deya maslahat beradi Unsplash asoschisi. 

Qaysi ilovadan foydalanish va ularning biridan ikkinchisiga o‘tishga doir o‘y-xayollar ancha vaqtni olib qo‘yadi, deb hisoblaydi ishbilarmon. 

Diqqatni jamlashga mo‘ljallangan ilovalar

Ko‘pchilik ishbilarmonlar ishdan chalg‘ishga yo‘l qo‘ymaydigan ilovalarni qo‘llashni tavsiya qilishadi. Masalan, SelfControl servisi muayyan vaqtga resurslarni bloklab qo‘yadi. "Siz cheklovni belgilab qo‘yishingiz bilanoq (masalan bir soatga), ortga yo‘l qolmaydi: servis belgilangan vaqt davomida sizga ijtimoiy tarmoqlar yoki yangiliklar saytiga kirishga imkon qoldirmaydi. Dastlab bunga o‘rganishingiz qiyin bo‘ladi, biroq keyin bu sizga hattoki yoqib ham qoladi", - deb yozadi Mikael Cho.

Yuqorida qayd etilgan maqsadda qo‘llash mumkin bo‘lgan yana bir ilova — Kill News Feed. U Facebook tarmog‘iga kirishni cheklab qo‘yadi. 

Vazifalarni bajarish

Vazifalarni bajarishga o‘zingizni qanday ruhlantirish mumkin - vc.ru yil davomida saytdagi yangiliklarni kuzatib, ularning eng diqqatga sazovorlarini tanladi. 

Ishga kirishishdan avval kichik tanaffus qiling

Yirik ishni bajarishga kirishishdan avval foydalanuvchilar qisqa muddatga ishdan dam olishni tavsiya qilishadi. Masalan, biroz sayr qilib kelish, dush qabul qilish yoki meditatsiya. Bu vazifaning istiqboldagi muhimligini baholashda yordam beradi, deb yozadi kaliforniyalik tadbirkor va shaxsiy unumdorlikka oid blog muallifi Leo Babauta. 

Agar vazifani bajarishga 2 daqiqa kerak bo‘lsa, uni darhol bajarish kerak

Quora'da muhokama qilingan ikki daqiqa qoidasi quyidagicha: agar vazifani bajarish - xatga javob berish, mehmonxona tanlash, hamkasblarga maslahat berishga - ikki daqiqa sarflash kerak bo‘lsa, bu vazifani darhol bajargan yaxshi. "Kelgusida buning uchun 5 daqiqadan ortiq vaqt kerak bo‘ladi", - deb hisoblaydi kaliforniyalik ishbilarmon Marius Ursach.

Mavzuga oid