Jamiyat | 19:22 / 09.01.2017
113592
2 daqiqa o‘qiladi

Lola Karimova Los-Anjyelesdagi "Oltin globus" kinofestivalining qizil yo‘lakchasida namoyon bo‘ldi

FOTO: FACEBOOK.COM/CAFASHIONBLOG

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti, marhum Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillayeva Los-Anjyelesda bo‘lib o‘tgan "Oltin globus-2017" kinofestivalining qizil yo‘lakchasida namoyon bo‘ldi. Bu haqida CAFB.Asia'ning Facebook'dagi sahifasida ma'lum qilindi

Manbaga ko‘ra, Lola Karimova-Tillayeva "Oltin globus" qizil yo‘lakchasida Tom Ford libosida ko‘rinish bergan. Uzun oqshom ko‘ylagi ilon terisi printlari bilan ishlangan bo‘lib, uni sharf va oq mo‘yna to‘ldirib turibdi. 

Qizil yo‘lakchada Lola Karimova-Tillayevadan tashqari ko‘plab Hollivud yulduzlari suratga tushishdi. 

"Oltin globus" kinomukofotining 74 -taqdimot marosimi 8 yanvardan 9 yanvarga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tdi.

Bugun Amerikaning Los-Anjyeles shahridagi «Beverli Hilton» mehmonxonasida «Oltin globus» kinomukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

«Oltin globus» mukofotini «Eng yaxshi komediya yoki myuzikl» yo‘nalishida «La-La Lend» (La La Land) filmi qo‘lga kiritdi. Shuningdek, ushbu kartina eng yaxshi rejissyorlik ishi, eng yaxshi ssenariy, musiqa va original qo‘shiq yo‘nalishlarida ham mukofotlarga ega bo‘ldi.

Mavzuga oid