O‘zbekiston | 18:45 / 09.01.2017
65692
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning 2017 yildagi qurilish ishlari Ramatov zimmasiga yuklatildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yilning 30 dekabridagi 423-raqamli qarori bilan 2017 yilgi pudrat qurilish ishlari Dasturining asosiy parametrlari tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra 2017 yilgi qurilish, modernizatsiya, rekonstruksiya va kapital ta'mirlash bo‘yicha pudrat qurilish ishlari manzilli dasturlari tasdiqlandi:

•  2017 yilga o‘tadigan ijtimoiy soha obektlari, kommunal, meliorativ-irrigatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasi obektlari, shuningdek yirik ishlab chiqarish va noishlab chiqarish obektlari;
•  2017 yilda yana boshlanadigan ijtimoiy soha obektlari, qishloq hududlarda namunali loyihalar bo‘yicha turar-joylar, kommunal, meliorativ-irrigatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasi, shuningdek yirik ishlab chiqarish va noishlab chiqarish obektlari.

Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimligi – qurilish buyurtmachilariga quyidagilarni ta'minlash vazifasi yuklatildi:

•  2 haftalik muddatda manzilli dasturlarga kiritilgan obektlarni moliyalashtirishni ta'minlovchi tashkiliy-texnik tadbirlar majmuasini tasdiqlash;
•  2016 yildan o‘tgan obektlar bo‘yicha qurilish-montaj ishlari davri tasdiqlangan mehnat ishlab chiqarish grafiklari bilan mos ravishda to‘xtatmaslik;
•  obektlarni imzolangan shartnomalar talablarini bajarish va amalga oshirilayotgan ishlar sifati talablariga rioya qilgan holda o‘z vaqtida ishga tushirish;
•  bosh pudradning sanoat-fuqarolik obektlarining qurilish, rekonstruksiya va modernizatsiyasi uchun bitim tuzishda «O‘zmaxsusmontajqurilish» AK bo‘linmalarini qurilishning montaj va maxsus ishlarini bajarishga asosiy pudratchidan pudratga olish bitimi bo‘yicha jalb etish;
•  hisobot davridan so‘ng keluvchi oyning 5-kuniga qadar, har oylik asosda iqtisodiyot Vazirligi va Davlat arxitektura-qurilish qo‘mitasiga Dasturni amalga oshirish bo‘yicha ma'lumot taqdim etish.

Ushbu qaror ijrosi yuzasidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi o‘rinbosari – «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ raisi O.J. Ramatov zimmasiga yuklandi.

Mavzuga oid