Jahon | 21:42 / 10.01.2017
9223
1 daqiqa o‘qiladi

Gana prezidenti AQSh prezidentlarining nutqlarini plagiat qilishda gumon qilindi

Gananing yangi prezidenti Nana Akufo-Addo inauguratsiya marosimidagi nutqida AQSh prezidentlari nutqlarini go‘yoki plagiat qilgani uchun tanqid qilindi. Bu haqda "Assoshieyted Press" axborot agentligi xabar bermoqda.   

Dekabrdagi prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘lgan Nana Akufo-Addo 7 yanvarda o‘z lavozimiga o‘tirdi.

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, uning nutqining bir qismi AQShning sobiq prezidenti Bill Klintonning 1993 yildagi inauguratsiyasidagi nutqidan deyarli to‘liq olingan. Akufo-Addo nutqining boshqa bir qismi esa AQShning yana bir sobiq prezidenti Jorj Bushning 2001 yildagi nutqi bilan deyarli mos tushgan.

2014 yilgacha Gana iqtisodiyoti eng jadal rivojlanayotgan Afrika davlati hisoblanardi. Saylovlar yaqinlashgani sari aholi o‘rtasida keskinlik oshgan, qarama-qarshi partiyalar tarafdorlari o‘rtasida hamda politsiya bilan to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan.

Mavzuga oid