Kot-d'Ivuar prezidenti armiya, politsiya va jandarmeriya boshliqlarini qo‘mondonlikdan chetlatdi
Kot-d'Ivuar prezidenti Alassan Uattara mamlakatning turli joylarida harbiylar tomonidan uyushtirilgan ikki kunlik isyondan keyin armiya, politsiya va jandarmeriya boshliqlarini qo‘mondonlikdan chetlatdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, armiya generali Sumayla Bakayoko, milliy politsiya bosh boshqarmasi boshlig‘i Bredu M'Bia va milliy jandarmeriya qo‘mondoni Jyerve Kuaku Kuassi qo‘mondonlikdan chetlatilganlar.
6 yanvarda harbiy xizmatdan bo‘shatilgan harbiylar Kot-d'Ivuarning yirikligi bo‘yicha ikkinchi raqamli shahri Buakeda qurol-aslaha omborini egallab olib, shahar ustidan nazoratni qo‘lga olganlar. Amaldagi harbiylarning isyonlari Daloa va Korxogo shaharlarida yuz bergan. Harbiylar maoshlari oshirilishi va turmush tarzlari yaxshilanishini talab qilishmoqda.
Mavzuga oid
18:36 / 11.05.2023
Harbiylar nega qo‘llarini boshiga qo‘yib “chest” beradi? – harbiycha salomlashish tarixi
16:40 / 09.05.2023
“Faqat hujjatlarda mavjud edik xolos”. 30 yillik sir ostida unutilganlar - birinchi “musulmon bataloni” haqida
18:55 / 22.07.2022
Qirg‘izistonlik harbiylarning O‘zbekiston harbiy OTMlarida o‘qishi tashkillashtiriladi
21:29 / 19.01.2022