Mahmud Abbos AQSh elchixonasini Qudusga ko‘chirmaslikni iltimos qildi
Falastin rahbari Mahmud Abbos AQShning yangi prezidenti Donald Trampga AQSh elchixonasini Qudusga ko‘chirmaslik iltimosi bilan murojaat qildi. KUNA axborot agentligining ma'lum qilishicha, Abbos bu haqda Trampga yuborilgan maktubda aytgan.
Abbos matnda "elchixonaning Qudusga ko‘chirilishi xavfli ekanini aytgan va Trampni bu qadam "ikki xalq uchun ikki davlat" tamoyili asosidagi tinchlik jarayoni uchun barbod qiluvchi oqibatlarga olib kelishi sababli undan voz kechishga chaqirgan hamda Sharqiy Qudusning bosqinchi Isroil hukumati tomonidan qo‘shib olinishi xalqaro huquqga zid ekanligini ta'kidlab o‘tgan. Abbos shuningdek AQSh elchixonasining Qudusga ko‘chirilishiga qarshi chiqish iltimosi bilan Rossiya, Xitoy, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya yetakchilari nomiga maktublar yo‘llagan.
Qudusning maqomi Falastin-Isroil ixtilofidagi asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Isroilliklar 1967 yildagi urush oqibatida shaharning sharqiy qismini egallab olishgan. Ular Qudus Isroilning "yagona va bo‘linmas" poytaxti deb ta'kidlab kelishadi. Falastinliklar esa shaharning bu hududini o‘z davlatlari poytaxtiga aylantirishmoqchi.
Tramp saylovoldi kampaniyasi vaqtida prezident bo‘lsa, Qudusning Isroilning yagona va bo‘linmas poytaxti deb rasman tan olinishiga erishishini aytgandi.
Mavzuga oid
16:40 / 20.12.2024
G‘azoda harbiy bazalar qurilmoqda. Isroil mustahkam o‘rnashib olmoqchi
17:39 / 23.11.2024
2024 yilda gumanitar yordam xodimlari o‘limi bo‘yicha rekord o‘rnatildi – BMT
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
20:40 / 16.11.2024