OAV: Yaponiyaning yangi imperatori 2019 yil 1 yanvarida mamlakat taxtini egallaydi
Yaponiya hukumati yangi imperatorning taxtga o‘tirish marosimini 2019 yil 1 yanvarda o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Sankey» nashri o‘z manbalariga asoslangan holda yozmoqda.
Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, shunday imkoniyatni nazarda tutuvchi qonun loyihasi shu yil may oyida muhokama qilinadi.
Avvalroq, Yaponiyaning hozirgi imperatori Akixito taxtdan voz kechishni xohlayotganiga sha'ma qilgan edi. 83 yoshli imperator o‘rnini katta o‘g‘li Naruxito egallaydi.
Shunga qaramay, mamlakatning amaldagi Asosiy qonunida imperatorning taxtdan voz kechishi bilan bog‘liq holatga oydinlik kiritilmagani bu jarayonni imkonsiz voqelikka aylantirgan. Shu munosabat bilan, mamlakat hukumati qonunchilikka tuzatishlar kiritishni rejalashtirayapti.
2016 yil avgustida Akixito Yaponiya xalqiga telemurojaat qilib, dam olmoqchi ekanini aytgan edi.
Mavzuga oid
21:07 / 20.09.2024
Osiyoda NATOning o‘xshashi tashkil etilishi mumkin
12:00 / 16.09.2024
76-«Emmi» marosimi Yaponiyaning triumfi bilan tugadi
21:22 / 12.09.2024
Toyota Prius yoqilg‘i sarfi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi
11:35 / 11.09.2024