Sport | 21:52 / 11.01.2017
12138
2 daqiqa o‘qiladi

«Hayotimdagi eng yaxshi kun – o‘g‘lim dunyoga kelgan kun». Ronalduning FIFA taqdimotidan keyingi intervyusi

FIFA taqdimot marosimidan keyin oqshom qahramoni Krishtian Ronaldu ko‘plab intervyular berdi. Bular orasida FIFA rasmiy sayti uchun olingan blits-intervyu ham bor. 

Faoliyatingdagi eng yaxshi gol? 

- Oxirgi golim. Men hamisha bu savolga shunday javob beraman. 

KR7 bo‘lishning eng afzal jihat nimada? 

- Eng yaxshisi - bu odamlarga xursandchilik ulashish. 

Faoliyating davomida sen qarshi o‘ynashga to‘g‘ri kelgan eng kuchli himoya? 

- Bu savolga aniq javob berishim qiyin. Men ko‘p bora dunyoning eng kuchli himoyachilariga qarshi o‘ynaganman. Ulardan qaysi birinidir ajratib ko‘rsata olmayman.

Hayotingdagi eng yaxshi kun qachon bo‘lgan? 

- O‘g‘lim dunyoga kelganida. 

Eng ko‘p yoqtirgan musiqang? 

- Menda bunday musiqalar ko‘p. Men jo‘shqin musiqalarni afzal bilaman... Masalan, reggeton. Ha, reggeton bo‘laqolsin. 

O‘g‘lingdan qanday gapni eshitishni xush ko‘rasan? 

- Dada, men seni yaxshi ko‘raman, sen dunyodagi eng yaxshi otasan. 

Portugaliyadagi eng yaxshi shahar qaysi? 

- Funshal, Madeyradagi asosiy shahar. 

Sen o‘ynagan eng yaxshi stadion? 

- «Santyago Bernabeu». 

Onang tayyorlaydigan eng yaxshi taom? 

- Bakalao (treska).

Mavzuga oid