Jahon | 10:36 / 11.01.2017
9300
2 daqiqa o‘qiladi

AQShning lavozimidan ketayotgan davlat kotibi 4ta mamlakatga tashrif bilan bormoqda

foto: Jon Kerri

AQSh davlat kotibi Jon Kerri Vetnam, Fransiya, Buyuk Britaniya va Shveytsariyaga tashrif bilan boradi. Bu haqda AQSh davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Jon Kirbi ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh tashqi siyosat idorasining lavozimidan ketayotgan rahbari 13-14 yanvar kunlari Xanoy, Xoshimin, shuningdek, Vetnamning Mekong daryosi deltasidagi viloyatlaridan birida bo‘ladi. U 15 yanvar kuni Parijga Yaqin Sharqdagi vaziyatni tinch yo‘l bilan tartibga solish bo‘yicha o‘tkaziladigan anjumanda ishtirok etishga keladi. Kerri Fransiya poytaxtidan Londonga yo‘l olib, u yerda “Suriya va boshqa dolzarb global hamda mintaqaviy muammolar” yuzasidan muzokaralar o‘tkazadi. 17-18 yanvar kunlari esa Amerika diplomatiyasi rahbari Davosdagi Butunjahon iqtisodiy forumida ishtirok etadi.

Ma'lumot uchun, Vashingtonda 20 yanvar kuni hukumat o‘zgaradi: saylangan respublikachi-prezident Donald Tramp ma'muriyati hukumat tepasiga keladi.

Mavzuga oid