Toshkent shahrining 2017 yil uchun byudjyeti ma'lum qilindi
Toshkent shahar hokimi qaroriga muvofiq, 29 dekabr kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston poytaxtining 2017 yil uchun byudjyeti qabul qilindi, 31 dekabr kuni esa 2.5 trln so‘mlik byudjyet shahar hokimi Rahmonbek Usmonov tomonidan tasdiqlandi.
Toshkent shahrining 2017 yilgi mahalliy byudjyetining asosiy parametrlari
Daromadlar: 2 499 125 228 000 so‘m
1. Obodonlashtirish va ijtimoiy tuzilmani rivojlantirish solig‘i - 619,642 mlrd so‘m
2. Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz iste'moli uchun soliq - 454,733 mlrd
3. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq - 345,103 mlrd
4. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qat'iy belgilangan daromad solig‘i - 215,127 mlrd
5. Yer solig‘i (yagona yer solig‘idan tashqari) - 163,345 mlrd
6. Aktsiz solig‘i - 79,124 mlrd
7. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq - 89,748 mlrd
8. Bozorlar daromadidan tushum - 72,848 mlrd
9. Qo‘shilgan qiymat solig‘i - 76,14 mlrd
10. O‘zR IIV Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan undiriladigan yig‘imlar - 39,241 mlrd
11. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i - 26,156 mlrd
12. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i - 15,527 mlrd
13. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to‘lovidan Davlat byudjyetiga ajratmalar - 13,617 mlrd
14. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq - 19,279 mlrd
15. Yagona soliq to‘lovidan Davlat byudjyetiga ajratmalar, shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar bo‘yicha - 14,17 mlrd
16. Davlat boji - 169,668 mlrd
17. Mahalliy yig‘imlar - 14,231 mlrd
18. Jarimalar - 46,799 mlrd
19. Boshqa tushumlar - 24,618 mlrd
Xarajatlar: 2 499 125 228 000
1. Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun xarajatlar: 1,393 trln
Maorif - 808,348 mlrd
Sog‘liqni saqlash va jismoniy tarbiya - 528,448 mlrd
Fan - 670,345 mln
Kadrlarni tayyorlash - 8,386 mlrd
Bolali oilalarga va kam ta'minlangan oilalarga nafaqalar - 2,423 mlrd
Madaniyat va sport - 23,994 mlrd
Chernobil falokatidan jabrlanganlarni ijtimoiy himoyalash - 4,733 mln
Davlat mukofotlari uchun ajratmalar - 2,254 mlrd
Ijtimoiy ko‘nikmalar markazi taraqqiyoti uchun - 1,29 mlrd
Korxonalarning isitish tizimlari kapital ta'mirlanishi uchun - 8,164 mlrd
Shahardagi jamoat transportida muayyan toifaga bepul proyezdlar uchun - 5,525 mlrd
O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi kreditlarini qaytarish uchun - 3,716 mlrd
2. Iqtisodiyotga xarajatlar - 274,847 mlrd
3. Markazlashtirilgan investitsiyalar (kapital qurilish) - 147,011 mlrd
4. O‘zini o‘zi boshqarish idoralarini saqlash xarajatlari - 26,765 mlrd
5. Boshqaruv idoralarini saqlash xarajatlari - 13,581 mlrd
6. Boshqa xarajatlar - 2,386 mlrd
7. Zaxira jamg‘armasi - 3,721 mlrd
Mavzuga oid
19:52
“Avtobuslar uchun 100 ta kamera”: ular Toshkentda jamoat transportiga ajratilgan alohida yo‘lakdagi qoidabuzarliklarni qayd etadi
14:55
Toshkentning 2045 yilgacha bo‘lgan bosh rejasi tasdiqlandi
17:40 / 24.12.2024
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
16:35 / 23.12.2024